Kompyuter fanlari ta’limingizning yetishmayotgan semestri

2026

Kompyuter fanlaridagi darslarda operatsion tizimlardan tortib mashinaviy o‘rganishgacha bo‘lgan ilg‘or mavzularni o‘rgatiladi. Biroq, talabalarga juda muhim bo‘lgan, lekin ko‘pincha mustaqil o‘rganish uchun qoldiriladigan mavzular har bor. Bu kerakli vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmasidir. Kurs davomida sizga buyruqlar qatorini mukammal o‘zlashtirishni, kuchli matn muharriridan foydalanishni, versiyalarni boshqarish tizimlarining ilg‘or xususiyatlarini qo‘llashni va boshqa ko‘p narsalarni o‘rgatamiz!

Talabalar bu vositalarga o‘qish davomida yuzlab soat (ish faoliyatlari davomida esa minglab soat) vaqt sarflaydilar. Shuning uchun bu tajriba iloji boricha qulay va samarali bo‘lishi kerak. Ushbu vositalarni mukammal o‘zlashtirish nafaqat ularni moslashtirish uchun kamroq vaqt sarflashga, balki ilgari hal qilib bo‘lmaydigan, murakkab tuyulgan muammolarni yechish imkonini ham beradi.

Hozirgi kunda sun’iy intellektga (SI) asoslangan va u bilan takomillashtirilgan vositalar ish jarayonini tubdan o‘zgartirmoqda. Agar bu vositalardan o‘rinli va kamchiliklarini anglagan holda foydalanilsa, ular mutaxassislarga sezilarli naf keltirishi mumkin. Shu bois ular haqida amaliy bilimlarni o‘rganishga arziydi. SI ko‘p tarmoqli texnologiya bo‘lgani uchun unga alohida ma’ruza ajratilmagan. Buning o‘rniga biz har bir ma’ruzaning o‘ziga sun’iy intellektga oid eng so‘nggi vositalar va usullardan foydalanishni bevosita kiritib bordik.

Bu havolada kurs ortidagi sabablar bilan tanishishingiz mumkin.

Ma’ruzalar jadvali

O’tgan yillardagi ba’zi maxsus mavzular

Biz yoritadigan mavzular yildan yilga o‘zgarib turadi. Yillar davomida o‘tilgan mavzularimizning to‘liq ro‘yxati bilan tanishmoqchi bo‘lgan talabalar uchun avvalgi yillarda o‘tilgan, lekin 2026-yilda o‘tilmagan mavzularni alohida keltirib o‘tamiz.

Kurs haqida

O‘qituvchilar: Bu kursni Anish, Jon va Jose hamkorlikda olib boradi.
Savollar: missing-semester@mit.edu emailiga orqali murojaat qiling. Muhokama: OSSU Discord (#missing-semester-forum kanali va #missing-semester chati)

MIT’dan tashqarida

Ushbu resurslardan MIT talabalaridan boshqalar ham foydalanishi uchun uni turli joylarga tarqatdik. Postlar va muhokamalarni quyidagi manzillarda topishingiz mumkin.

Tarjimalar

Eslatma: bu hamjamiyat a’zolari tomonidan qilingan tarjimalar. Biz ularni tekshirib chiqmaganmiz.

Ushbu kursning ma’ruza matnlarini tarjima qildingizmi? Uni ro‘yxatga qo‘shishimiz uchun pull request yuborishingizni so‘raymiz!

Minnatdorchilik

Biz ma’ruza videolarini yozib olishimiz uchun imkoniyat yaratgan Eleyn Mello va MIT Open Learningga; va kursning 2026-yilgi variantini SIPB IAP 2026 doirasida qo’llab quvvatlagani uchun Luis Turino / SIPB‘larga minnatdorchilik bildiramiz.


Manba kodi.

CC BY-NC-SA litsenziyasi asosida tarqatildi.

Hissa qo‘shish va tarjima bo‘yicha ko‘rsatmalarni ko‘rish uchun shu yerga qarang.